Yangiyo‘l tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Isuzu rusumli avtobus gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tajriba tariqasida ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolarga ijtimoiy karta berila boshlandi. Loyiha 2025-yil yakunigacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi.
Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda 30 ta kobra ilon ochiqlikka chiqib ketganini rad etdi. Aslida ularning 4 tasi qochib ketgan va qisqa vaqt ichida barchasi tutilgan.
Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.
3-mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.
Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida to‘y kortejining ikki ishtirokchisi 10 sutkaga hibsga olindi. Mashinalarni boshqarayotgan yoshlar to‘y marosimiga ketayotgan yo‘lda rulni qo‘yib yuborib, salondan to‘liq chiqib olishgan.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 24 yoshli yigit o‘ldirilgan, mashinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda yonayotgan mashina videosi paydo bo‘ldi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan 171 gektar yerni yoqib, “chempion” bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq Toshkentda bir necha bor tutun va kuchli kuyindi hidi sezilgandi, biroq rasmiylar havo sifati yomonlashgani bo‘yicha biror izoh bermagan.
Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rirnbosari “lavozimiga loyiq emas” deb topilib, vazifasidan ozod qilinishi aytildi.
Yangiyo‘l tumanida 3 nafar 6-sinf o‘quvchisi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan biriga nisbatan noo‘rin harakatlar qilib, so‘kingan va holat videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ularning ota-onalari jarimaga tortildi.
Yangiyo‘l shahridagi sport klubida Agrar universitetning 21 yoshli talabasi sog‘lig‘i yomonlashib qolgani oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.
Yangiyo‘l tumanida fuqaro Kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 40 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga noqonuniy tarzda rasmiylashtirib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi buning evaziga kelishilgan 29 ming dollardan 10 ming dollarini olganda ushlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda JIB Yangiyo‘l shahar sudi majlislar zalida sudlanuvchilar qo‘llarini kesib, tartibsizlikni yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. IIV mahbuslar lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga tan jarohati yetkazgani, noo‘rin talablarni qo‘yib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganini ma’lum qildi. Viloyat IIBB esa voqeaning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.
Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting